React Query va nima uning dasturingiz uchun foydali taraflari

Ko'pchilik react dasturida serverga so'rov yuborish jarayonida useEffect hooki, shuningdek unga qo'shib Axios kutubxonasidan yoki Fetch metodidan foydalanishadi.

Lekin dasturingizda ma'lumotni keshlash, oldindan keshlash, error, loading, inifinty fetching kabi jarayonlarni boshqarish kerak bo'lsa, buni hooklar yordamida amalga oshirish nisbatan qiyin.

Shu sababli "data fetching" jarayonini ancha oson qiladigan React Query kutubxonasi haqida gaplashamiz.

React Query qanday kutubxona?

React Query - bu data fetching uchun foydalaniladigan kutubxona bo'lib, u sizga server tomonidagi holatni boshqarish, ma'lumotlarni olish va keshlash, so'rov jarayonida xatolik bo'lsa, uni aniqlashga osongina yordam beradi.

React Query xususiyatlari

Quyidagi sabablarga ko'ra keyingi loyihangiz uchun ushbu kutubxonadan foydalanish haqida o'ylab ko'rishingiz kerak:

Caching: Bu dastur holatiga qarab ma'lumotlarni oldindan olish imkonini beradi

Request retry: Qandaydir xatolar yuz berganda qayta urinishlar sonini belgilab, dasturni yangilash imkoni

Prefetching - siz dasturni ishlatish jarayonida ma'lumotlarni oldindan olish imkoniga ega bo'lasiz, bu esa dastur samaradorligini ancha oshiradi.

React Query sizga harqatda qiziqmi?🤔

Tez orada youtube kanalimizda React Query bo'yicha ajoyib amaliyotli video chiqadi. Ushbu videoda biz RQ ni imkoniyatlariga to'xtalib, uni amaliy sinab ko'ramiz.

YouTube kanalimiz: Javohir Group